Germaniyalik yarim himoyachi Yevropaning top klublari nishonida turibdi

  • 13.03.2026 14:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Shtutgart” yarim himoyachisi Anjelo Shtillergа ko‘plab grand klublar qiziqish bildirishmoqda.

Eurofootball nashrining ma'lum qilishicha, Evropaning “Real Madrid”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va “Bavariya” kabi bir qator yirik klublari germaniyalik havbekni o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirmoqda. Bundan tashqari, "Shtuttgart" futbolchisiga Turkiyaning ikki klubi — “Fenerbaxche” va “Beshiktosh” haridor bo‘lib turishibdi.

Yarim himoyachi ushbu mavsum klub safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etishga ulgurdi. Uning tayanch yarim himoyachi sifatida o‘yinni qurishi nomdor klublarning ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ldi.

Germaniyalik yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Uning Transfermarkt portalidagi transfer qiymati esa 45 mln yevro etib baholangan.

Narziev Elbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!