Germaniyani jahon chempioni qilgan futbolchini Italiyada kutishmoqda
"Borussiya" Dortmund klubi yarim himoyachisi Mario Gyottse mavsum yakunlangach jamoani tark etadi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 27 yoshli germaniyalik futbolchiga "Roma"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Uning o‘zi ham Italiyaga ketishga qarshi emas.
Mario Gyottse joriy mavsum “Borussiya” safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.



Fikrlar