Gimaraíns o‘rniga zo‘r o‘yinchi topildi
Angliya Premer-ligasining eng badavlat klublaridan “Nyukasl” o‘z yulduzi Brunu Gimarainsni amaldagi chempion “Arsenal”ga sotib yuborganidan keyin unga o‘rinbosar ham topdi.
“Qarg‘alar” yozgi transferlar oynasi davrida “Brayton”dan yarim himoyachi Karlos Balebani olib kelish harakatini boshladi.
Bu haqida talkSPORT xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, nyukaslliklar 22 yoshli futbolchini 65 million funt sterlingga (76 million yevro) sotib olishi mumkin. Ta’kidlanishicha, so‘nggi ikki mavsum davomida Balebani “Manchester Yunayted” kuzatib kelgan, ammo joriy yozda Andrey Santos sotib olinganidan keyin qiziqish susaygan.
O‘tgan mavsumda kamerunlik futbolchi barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda ishtirok etdi va birorta ham samarali harakat qayd etmadi. Uning klub bilan mehnat shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroga teng.

Fikrlar