Giu: "Barselona"da hech kim menga asosiy tarkibdan joy olishimga kafolat bermagan"
2024 yilning yozida "Chelsi"ga o‘tgan "Barselona" tarbiyalanuvchisi Mark Giu Kataloniya klubini tark etishi haqida gapirdi.
"Barsa"ni tark etganimdan afsuslanmayman. Bu mening faoliyatim uchun eng yaxshi qaror bo‘lishini o‘ylaganim uchun ketdim. Bu qiyin qaror edi, ammo "Barselona"da hujumchilar ko‘p edi, shuning uchun hech kim mening asosiy tarkibga kirishimga kafolat bermadi", - dedi Giu RAC1'ning "Tu Diràs" dasturida.
"Barselona"ning asosiy jamoasi safida Giu ettita uchrashuvda qatnashib, ikkita gol muallifiga aylandi. "Chelsi" libosida u 16 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. Bu oraliqda u raqiblar darvozasiga 6 martta yo‘l topishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar