Asosiy mazmunga oʻtish

"Global Chess League" – jahon shaxmatidagi etakchi jamoaviy musobaqa

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Mazkur musobaqa qisqa vaqt ichida jahon shaxmat taqvimidagi eng yirik jamoaviy turnirlardan biriga aylandi

Joriy yilning 14–23 dekabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida nufuzli "Global Chess League" – jahon shaxmatidagi etakchi jamoaviy musobaqa xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa qisqa vaqt ichida jahon shaxmat taqvimidagi eng yirik jamoaviy turnirlardan biriga aylandi.

Joriy yilgi musobaqada jahonning etakchi grossmeysterlari ishtirok etadi. Ular orasida:

Hikaru Nakamura (AQSh, reytingi 2810, 2-o‘rin),
Fabiano Karuana (AQSh, reytingi 2795, 3-o‘rin),
Alireza Firouzja (Frantsiya, reytingi 2762, 6-o‘rin),
Dommara ju Gukesh (Hindiston, reytingi 2754, 10-o‘rin),
Javohir Sindarov (O‘zbekiston, reytingi 2726, 22-o‘rin)

va boshqa kuchli shaxmatchilar 6 ta jamoa tarkibida g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.

Har bir jamoa 6 nafar grossmeysterdan iborat bo‘lib, "Global Chess League" jamoasi safida hamyurtimiz Javohir Sindarov ishtirok etadi.

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 000 000 AQSh dollarini tashkil etadi. "Global Chess League" jamoasi tarkibi

Vishvanatan Anand (Hindiston) – Grossmeyster, reytingi 2743 (12-o‘rin)

Vincent Keymer (Germaniya) – Grossmeyster, reytingi 2776 (4-o‘rin)

Javohir Sindarov (O‘zbekiston) – Grossmeyster, reytingi 2726 (22-o‘rin)

Polina Shuvalova (FIDE) – Ayollar o‘rtasida grossmeyster, reytingi 2502

Stavroula Solakidou (Gretsiya) – Ayollar o‘rtasida grossmeyster, reytingi 2479

Raunak Sadhwani (Hindiston) – Grossmeyster, reytingi 2638 (87-o‘rin)

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q