"Global Soccer Awards": Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
Dekabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimining eng yaxshi yarim himoyachisi bo‘lishi uchun nomzodlar ma’lum.
Da’vogarlar ro‘yxatidan 15 nafar futbolchilar joy olgan. Ular orasida, "Inter"dan Nikolo Barella, PSJ vakillari Dezire Due, Joau Nevesh va Vitinya, "Barselona" futbolchilari Fermin Lopes hamda Pedri, "Real"dan Jud Bellingem va Federiko Valverde, "Liverpul" xavbegi Aleksis Makalister hamda Florian Virts, "Arsenal" etakchilaridan Deklan Rays va Martin Edegor, "Chelsi"dan Koul Palmer, "Napoli" yulduzi Skott Maktominey hamda "Bavariya" a’zosi Maykl Oliselar joy olgan. O‘tgan mavsumda ushbu sovrin Angliya terma jamoasi va "Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingemga nasib qilgan edi.
Ma’lumot uchun, marosim 28 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar