Gol urgan o‘zbek futbolchisi alamli mag‘lubiyat sabablarini aytdi

  • 29.06.2026 14:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozogʻiston Premier-ligasida Kokshetauning "Okzhetpes" jamoasi sharafini himoya qilayotgan hujumkor futbolchi Bektemir Abdumannonav 16-turining koʻchirilgan uchrashuvida "Qayrat" darvozasini ishgʻol qildi.

Yuqori oʻrinlar uchun kurashayotgan har ikki jamoaning oʻzaro bahsida  Premier-ligada toʻp surayotgan "Okzhetpes" oʻz maydonida "Qayrat"ga 1:3 hisobida magʻlub boʻldi. Birinchi boʻlimda almatiliklar vakili Oyva Yukkola tomonidan urilgan golga Bektemir Abdumannonav aniq zarba bilan javob qaytardi. Ammo ikkinchi taymda Lukas Afriko va Edmilson tomonidan kiritilgan toʻplar "Qayrat"ga gʻalaba keltirdi. "Qayrat" futbolchilari mezbonlarni 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. 

Ushbu bahsdan keyin oʻzbekistonlik legioner oʻyin va natija haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi. 

Klub tarkibidagi uchinchi goli va moslashuv haqida

- Gollarni men yolgʻiz oʻzim urmayapman — bu butun jamoaning mehnati samarasidir. Jamoaga moslashish juda yaxshi oʻtdi, futbolchilari bir-birini qoʻllab-quvvatlaydigan yaxshi jamoa shakllandi. 

Maydonda ham munosib oʻyin namoyish qilayapmiz. Klubda futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Nasib qilsa, oldinda yanada sifatli oʻyinlar kutib turibdi, — dedi Bektemir Abdumannonav.

«Qayrat»ga qarshi oʻyinda nima yetishmadi?

- Uchrashuvni juda yaxshi boshlagan edik. Ayrim vaziyatlarda bizga ozgina tajriba va omad yetishmadi, xolos. Oʻyin tomoshabinlar uchun ham juda qiziqarli boʻldi, deb oʻylayman. 

Ana shunday ogʻir oʻyinlar orqali futbolchi sifatida oʻsish mumkin. Hozir biz uchun eng muhimi — ruhan tiklanish va olgʻa harakat qilish, — deya taʼkidladi Abdumannonav.

23 yoshli Abdumannonav "Okzhetpes" safida barcha musobaqalar doirasida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol muallifi boʻldi.

Bektemir Toshkentning “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Oʻzbekiston chempionatida 93 ta oʻyin oʻtkazib, 14 ta gol urgan va 19 ta golli uzatma bergan. “Andijon” tarkibida Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan.

Bektemir joriy mavsum boshlarida “Okzhetpes”ga ijara oʻtdi va qisqa fursatda jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi. 

Bu mavsum yuqori oʻrinlar uchun kurashayotgan “Okzhetpes” yaqinda oʻz safiga yana bir oʻzbekistonlik futbolchi Shahboz Umarovni qoʻshib oldi va 27 yoshli futbolchimiz yangi jamoasida debut ham qilib ulgirdi.

Umarovni qozogʻistonlik muxlislar yaxshi taniydi. U oʻz vaqtida “Ordabasi” jamoasida oʻynab, mamlakat chempioni boʻlgan va ikki marta Qozogʻiston kubogini qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari, “Tobol” va “Turon” kabi klublarda ham faoliyat yuritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!