Gol urgan Shomurodov va penalti ishlagan Fayzullaev oʻyini qanday baholandi?
Flashscore portali Turkiya chempionati to‘rtinchi turidan o‘rin olgan «Istanbul Boshakshehir» — «Galatasaroy» uchrashuvida maydonga tushgan futbolchilarning o‘yini baholadi.
Qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan bellashuv «Galatasaroy»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Boshakshehir» asosiy tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev maydonga tushishdi.
Eldor Shomurodov butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi va 66-daqiqada penalti aniqlik bilan amalga oshirib, jamoasi hisobidagi birinchi golni urdi. Shu tariqa, 31 yoshli forvard joriy chempionatdagi gollari sonini to‘rtga yetkazib, to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Flashscore ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistondlik hujumchi ushbu o‘yin uchun 6,9 ballik bahoga, loyiq deb topilgan.
Abbosbek Fayzullaev Eldor Shomurodovga penalti ishlab berdi. Ikki himoyachiga qarshi o‘ynab, jarima maydoniga yorib kirgan Fayzullaevni raqib yuziga urib yubordi.
Abbos 74-daqiqada almashtirildi va uning o‘yini 6,6 ball bilan baholandi.
Nashr talqiniga ko‘ra, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida «Galatasaroy» hujumchisi Yunus Akg‘yun e’tirof etildi. Uning o‘yini 8,2 ball bilan qayd etilgan.

Fikrlar