Gol urish mana bunaqa bo‘ladi! Messi Amerikada yana rekord o‘rnatdi
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi har deyarli har o‘yinda yangi rekordlar o‘rnatishda davom etmoqda. Argentina yulduzi bugungi turda jamoasiga «Atlanta Yunayted» ustidan ishonchli g‘alaba qozonishda yordam berdi — uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi, Messi esa dublga erishdi.
Uning ikkinchi goli MLS doirasidagi navbatdagi tarixiy natija bo‘ldi. 39 yoshli forvard ligadagi gollar sonini 75 taga yetkazdi.
Inter Miami News Hub ma’lumotlariga ko‘ra, Messi bu ko‘rsatkichga ligalar tarixi uchun rekord darajada qisqa muddatda — atigi 80 o‘yinda yetib kelgan. Ilgarigi rekord egasi Yosef Martinesga 75 ta gol urish uchun 81 ta bahs kerak bo‘lgan, uchinchi o‘rinda esa 111 o‘yinda shu marraga yetgan Robbi Kin qayd etilgan.
Lionel Messi «Inter Mayami» safini 2023 yildan beri himoya qilmoqda. U joriy mavsumdagi MLS bombardirlar poygasida 25 ta gol bilan mutlaq peshqadamlikni qo‘ldan boy bermayapti.

Fikrlar