Gol urishiga bir bahya qolgan Husanovning oʻyini qanday baholandi?
Abduqodir jamoasini mag‘lubiyatda qutqarishi mumkin edi
“Manchester Siti” Angliya Premier-ligasida ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi. Enco Mareska shogirdlari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Brayton”ga kichik hisobda yutqazib qo‘ydi.
Manchestarliklarning tajribali himoyachisi Mateush Nun’yesh xatosidan foydalangan mehmonlar o‘yinchisi Yasin Ayari yagona gol muallifi bo‘ldi.
Uchrashuv oxirida Abduqodir Husanov raqib darvozaboni Verbryuggenni jiddiy sinovdan o‘tkazdi. O‘zbek himoyachisining kuchli zarbasini posblon qaytarib qoldi.
Nufuzli manba – cityxtra.co.uk portali ekspertlari “Manchester Siti” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.
Janluiji Donnarumma — 6/10
“Brayton”ning g‘alaba goliga u hech qanday to‘sqinlik qila olmadi. Shu bilan birga, Jidjio to‘p bilan o‘ynashda o‘ziga xos mahoratini namoyish etdi: uchrashuvning katta qismida ishonchli harakat qildi. Biroq ikkinchi bo‘limda aniq bo‘lmagan uzatmasi bilan raqibga ikkinchi golni sovg‘a qilishiga sal qoldi.
Mateus Nun’yesh — 5/10
U uchrashuvdagi yagona golga olib kelgan uzatmani qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Himoyadagi dastlabki xatosini ham tuzata olmadi. Shunga qaramay, taslim bo‘lmagani uchun uni maqtash kerak.
Abduqodir Husanov — 5/10
Husanov uchrashuv davomida bir necha bor o‘z pozitsiyasidan uzoqlashib qoldi. “Brayton” hujumchilari unga odatdagidan ko‘ra jiddiyroq qarshilik ko‘rsatdi. Raqiblar Husanov hali ham o‘ng qanot himoyachisi va markaziy himoyachi vazifalari oralig‘ida o‘ynayotganidan foydalanishdi.
Ruben Diash — 5,5/10
Bugun asosiy muammo aynan u bilan bog‘liq emas edi. Biroq jamoa yaxshi tashkillashtirilgan hujumlarga qarshi himoyani munosib ravishda yo‘lga qo‘ya olmadi.
Yoshko Gvardiol — 6/10
U bilan Doku o‘rtasida ko‘plab noaniq uzatmalar bo‘ldi. Oxir-oqibat “Brayton”ning goli ham uning qanoti orqali kiritildi. Shuning uchun u bu vaziyatdagi mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak.
Gvardiol har doimgidek hujumda yaxshi o‘ynadi, ammo odatdagi darajasini ko‘rsata olmadi.
Ayub Buaddi — 6/10
Bu o‘smir futbolchi uchun murakkab o‘yin bo‘ldi. Atrofidagi futbolchilarning ham odatdagi o‘yini ni ko‘rsata olmagani vaziyatni yanada qiyinlashtirdi.
Yarim himoyada raqiblar undan jismoniy jihatdan ustun keldi va maydonning bu qismida futbolchilar haddan tashqari ko‘p edi. Buaddi to‘p bilan yaxshi muomala qilgan bo‘lsa-da, ushbu uchrashuv unga katta saboq bo‘ladi.
Elliot Anderson — 6/10
Angliyalik futbolchi uchun bu oson o‘yin bo‘lmadi. Birinchi bo‘limdagi ko‘ngilsiz 45 daqiqadan keyin u o‘yinga moslashib, faollashdi. Biroq “Brayton” yarim himoyasining o‘zaro uyg‘unligi Anderson va uning jamoadoshlaridan ustun keldi.
Enco Fernandez — 6/10
U bir nechta yaxshi, raqib himoyachilari orasidan o‘tuvchi uzatmalarni amalga oshirdi, ammo jiddiy natija ko‘rsata olmadi.
Uning hafta sayin asosiy tarkibdagi o‘rnini saqlab qolishiga qanday erishishini tasavvur qilish qiyin.
Iliman Ndiaye — 6,5/10
Bu kuni “Siti”ning eng faol hujumchisi bo‘ldi. U bir lahza ham to‘xtamadi va raqibiga qarshi hujum qilishdan chekinmadi.
Ndiaye umidbaxsh tezkor yugurishlar va driblinglarni namoyish etdi, bir necha bor o‘zi uchun qulay vaziyatlarga chiqdi. Ammo hech qanday tarzda gol ura olmadi!
Erling Holand — 6/10
Holand biror ish qilishga ulgurmasidanoq Lyuis Dank uning imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi. Norvegiyalik hujumchi uchun omad siz kun bo‘ldi.
Jeremi Doku — 5,5/10
U haqida qanchalik kam gapirilsa, shunchalik yaxshi.
Rayan Sherki — 6,5/10
Ikkinchi bo‘limdagina maydonga tushgan bo‘lsa-da, bu kuni “Siti”ning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.
U Fernandez va Nun’yesh uchun gol urish imkoniyatlarini yaratib berdi, ammo ularning hech biri hujumni samarali yakunlay olmadi.
Niko O'Rayli — 6/10
Sherki kabi u ham maydonga tushishi bilan o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi. Biroq uning uzatmalari natijali harakatlar bilan yakunlanmadi.

Izohlar (0)