Goldan keyin Fayzullaevga murojaat bo‘ldi

  • 22.06.2026 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev birinchi turning qahramonlaridan biri bo‘ldi. 

Kolumbiya bilan bo‘lgan o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan 22 yoshli o‘yinchi ikkita tarixiy natija qayd etdi. Birinchidan, Abbosbek Fayzullaev mundialda to‘p kiritgan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida nomini tarixga muhrladi. 

Ikkinchidan, Abbas XXI asrda jahon chempionatlari tarixida boshi bilan darvozani ishg‘ol qilgan eng bo‘yi past (167 santimetr) gol muallifi sifatida rekord o‘rnatdi. 

Rossiyaning CSKA klubi himoyachisi Matvey Lukin jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy goliga muallif bo‘lgan sobiq jamoadoshi Abbosbek Fayzullaev bilan muloqoti haqida gapirib berdi. 

- Albatta, Abbosbegimizni qo‘llab-quvvatlayapmiz, uning gol urganiidan juda xursandman. Bu — O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlaridagi ilk goli.  O‘yindan keyin u bilan yozishdik, u juda mamnun, xursand holda o‘tirgan videosini yubordi. 

Unga hali oldinda muhim o‘yinlar turganini, hushyorlikni yo‘qotmaslik kerakligini aytdim. Aks holda o‘zingdan ketib qolasan, deb hazillashdim. 

Aslida Fayzullaev juda mehnatkash, yaxshi yigit, u bunaqa narsalardan ancha uzoq yuradi, — dedi Matvey Lukin.

Bundan avval CSKA darvozaboni va sardori Igor Akinfeev ham Fayzullaevning jahon chempionatidagi goli haqida kulgi bilan fikr bildirgan, uni futbolchining faoliyatidagi "eng qiyin gol", deb atagan edi. 

- Ha, oson bo‘lmagan. Uning bo‘yi “1 metr 12 santimetr”-ku, shuning uchun u to‘pga sakrab yetishi ancha qiyin bo‘ldi (kulgusi bilan). Uni tabriklaymiz, — deya Matvey Lukinning so‘zlarini TASS agentligi keltirdi.

Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi ikkinchi uchrashuvini Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. AQShning Xyuston shahri bosh arenasi mezbonlik qiladigan bu bahs 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!