Gollar shousiga aylangan bahsda "Paxtakor" Gruziya klubiga mag‘lub bo‘ldi

  • 17.02.2026 20:54
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safar "sherlar"ga Gruziyaning "Spaeri" klubi raqib bo‘ldi. Uchrashuvda poytaxt klubi Dostonbek Hamdamovning tezkor goli evaziga hisobni ochdi. Biroq bu golga raqiblar 3 bor javob berdi. Ikkinchi bo‘limda "Paxtakor" o‘ziga kela boshlandi. 63-daqiqada Hojimat Erkinov hisobni bitta qisqartirgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib Rustam Turdimurodov penaltiidan muvozanatni tikladi. Biroq raqiblar tezkor gol bilan javob qaytarib, yana oldinga chiqib oldi. Yakuniy hisob 4:3 gruziyaliklar g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!