Gonsalo Iguain rasman Devid Bekxemga tegishli klub futbolchisiga aylandi (Foto)

  • 18 sentabr, 2020, 18:34
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus" klubi hujumchisi Gonsalo Iguain Turinni erkin agent sifatida tark etdi. U "Yuve" bilan shartnomasini o‘zaro kelishgan holda bekor qildi.

Argentinalik futbolchi faoliyatini AQShda davom ettiradi. U Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan “Inter Mayami” klubiga ko‘chib o‘tdi. Iguain shartnoma imzolash uchun o‘tgan haftada AQShga etib borgandi. Bugun tomonlar 2 yillik shartnoma tuzishdi. Hujumchi AQShda 7.5 million evro maosh oladi.

EiMxD2bX0AIN4mA_1

Hujumchi turinliklar sharafini 2016 yildan beri himoya qilayotgandi. O‘tgan davr mobaynida 149 ta o‘yinda maydonga tushgan Gonsalo 66 gol hamda 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!