"Grand Chess Tour" sanalarni o'zgartirmasligini bildirdi
Grand Chess Tour tashkilotchilari shaxmatchilarning xatiga rasmiy javob berdi. Eslatib o'tamiz, yetakchi grossmeysterlаr GST sanalari bilan Esports World Cup turniri to'qnashib ketgani sababli xavotir bildirgan edi.
GST pozitsiyasi aniq:
“2015-yilda tashkil topganimizdan beri biz xalqaro shaxmat tashkilotchilari bilan taqvimni moslashtirib kelamiz va 2026-yilgi tur rejalashtirilayotganda ham shunday qilganmiz.”
2026 yildagi GST bo'yicha tasdiqlangan sanalar:
Saint Louis Rapid va Blitz – 31 iyuldan 7 avgustgacha
Sinkuefield Cup – 8 avgustdan 21 avgustgacha
Grand Chess Tour Final – 21 avgustdan 28 avgustgacha
Tashkilotchilar ta'kidlashicha, to'liq 2026 yil taqvimi 2025 yil 3 oktyabrda rasmiy e'lon qilingan.
“Esports World Cup shaxmat turniri sanalari esa faqat 2026 yil yanvarida e'lon qilindi.”
GST shuningdek, 2026 yil yanvarida o'yinchilar xatiga javob berib, Esports tashkilotchilariga murojaat qilgan, ammo javob olmagan.
Eng muhim bayonot esa quyidagicha:
“Uzoq muddatli shartnomaviy majburiyatlarimiz va final bosqichlari tuzilmasini inobatga olsak, avgust oyidagi sanalarni ko'chirish imkonsiz. Tashkilotchilar o'zaro hurmat ko'rsatishi va allaqachon belgilangan hamda oldindan e'lon qilingan sanalarga o'z tadbirlarini qo'ymasligi kerak.”
Shu tariqa, GST o'z pozitsiyasini o'zgartirmasligini aniq bildirdi. Endi savol — Esports World Cup javob beradimi va murosa yo'li topiladimi?
Fikrlar