Grandlar talashayotgan "asalari" o‘z klubida qolishi mumkin
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jud Bellingem bir necha mashhur jamoalar nazariga tushib ulgurdi.
"Football Insider" nashri xabariga ko‘ra, dortmundliklar rahbariyati angliyalik futbolchini olib qolish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilga qadar amal qiladi.
18 yoshli xavbek xizmatiga "Liverpul" va "Manchester Siti" jamoalaridan jiddiy qiziqish bor. Unga "tumanli albion" begona emas. Jud "Birmingem" tabriyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli futbolchining transfer narxi 75 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsum Bellingem "asalarilar" safida 24 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 gol va 9 assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar