Grandlar talashayotgan supertalant oʻziga yangi jamoa tanladi
Insayder Fabrizio Romanoning X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, Yan Diomande dastlabki tarzda «Pari Sen-Jermen» bilan besh yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Manbaga ko‘ra, tomonlar maosh va shartnomaning asosiy bandlari bo‘yicha kelishib olishgan. Futbolchining o‘zi ham aynan Parij klubiga o‘tishni istamoqda.
Endi PSJ va futbolchining vakillari transfer huquqiga ega klub bilan muzokaralarni boshlaydi. Qayd etilishicha, ushbu bitim Magnes Akliushning ehtimoliy transferidan alohida muhokama qilinmoqda, biroq har ikki yo‘nalish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Yan Diomandega «Liverpul» ham qiziqish bildirgan va parijliklarga qaraganda kattaroq maosh taklif qilgan edi. Biroq yosh o‘yinchi Yevropaning bugungi kundagi eng kuchli jamoasi maqomida turgan klubni tanladi.
2025/26 mavsumda Diomande «Leyptsig» safida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar