Grandlar talashayotgan to‘purar qaysi klubga o‘tishi aniq bo‘ldi

  • 10.05.2022 18:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Red Bull Zaltsburg" hujumchisi Karim Adeyemi faoliyatini kuchliroq jamoada davom ettirishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, germaniyalik futbolchini sotib olish uchun asosiy nomzod Dortmundning "Borussiya"si hisoblanadi. "Asalarilar"ning qiziqishini shaxsan Karimning agenti tasdiqladi.

"Bir dortmundliklar bilan shartnoma imzolashga yaqinmiz. Kelishuv 5 yilga mo‘ljallangan. Mijozim uchun "Manchester Yunayted" ham kurashmoqchi edi, ammo hozir bizga "Borussiya" kerak",-dedi agent.

20 yoshli forvard joriy mavsum "buqalar" libosida 42 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 23 gol va 8 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!