Grizmann "Atletiko" safidagi 200-golini kiritdi

  • 01.10.2025 01:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Ayntraxt" darvozasini ishg‘ol qilib jamoa safidagi 200-golini urdi.

34 yoshli futbolchi bu golni madridliklar safidagi 454-o‘yinida qayd etdi. Grizmann klub tarixida eng yaxshi to‘purarga aylangan. To‘purarlar reytingining ikkinchi o‘rinidagi Luis Aragones hisobida 172 gol mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Grizmann "Atletiko"da 2014–2019 yillarda to‘p surgan. "Barselona"dagi qisqa faoliyatdan keyin 2021 yilda yana Madridga qaytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!