
Grizmann Koutinodan bo‘shagan 7-raqamni mavsum yakuniga qadar ololmaydi. Chunki...
Yozgi transferlar davrida “Atletiko”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Antuan Grizmann ayni damda 17-raqam ostida to‘p surayotganidan xabaringiz bor.
Aytish kerakki, frantsiyalik futbolchi braziliyalik vinger Filippe Koutino “Bavariya”ga yo‘l olgach unga tegishli bo‘lgan 7-raqamni olishni rejalashtirayotgan edi. Ammo, Goal.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Ispaniya futbol federatsiyasi belgilagan qoidalarga ko‘ra futbolchilar ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqam bir mavsumda bir marta almashtiriladi. Shundan kelib chiqib aytganda Grizmann joriy mavsum oxirigacha 17-raqamda o‘ynashga majbur.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Grizmanni “Atletiko”dan 120 mln evroga sotib olgan edi.
Fikrlar