Grizmann MLS klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin!
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqida insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi MLS chempionatining "Orlando Siti"jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi. Antuanning bozor qiymati 11 million yevroga baholanmoqda va uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2027 yil yozida tugaydi.
Ma’lumot uchun, Grizmann Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urgan.
Fikrlar