Grizmann: Yomon o‘ynamayapman, 3 ta gol urdim
La Liganing 6-turida "Barselona" "Vilyarreal"ga qarshi bah olib bordi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda Antuan Grizmann o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi va bahsdan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bizda omadsiz davrlar bo‘ldi, ammo biz kuchayib boramiz. Biz kuchaya olamiz va ishlashda davom etamiz.
Bizda jamoaga moslashishi kerak bo‘lgan yangi o‘yinchilar bor.
Hozir biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizdan uzoqdamiz. Ammo o‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz. "Atletiko"dagi o‘yinimdan ko‘ra bu erda boshqacharoq. Sababi, men boshqa pozitsiyada o‘ynayapman. Meni nima kutayotganini bilardim, ammo har bir o‘yinda kuchayib boraman.
Unchalik yomon o‘ynamayapman, 3 ta gol urishga ulgurdim. Men jamoa uchun ishlayman, agarda gol urish va assistentlik qilsam, undanda yaxshi bo‘ladi," - dedi Grizmann.

Fikrlar