Gukesh: "Oʻzbekiston chempionatlarida u yutqazsa men nishonlardim, men yutqazsam u quvonardi"
Varshavadagi bahslarda Dommaraju Gukesh hamyurtimiz Javohir Sindarov ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z his-tuyg‘ularini juda ochiq va jo‘shqin ifodalagan edi. Ushbu vaziyat haqida so‘ralganda, Javohir shunday javob berdi:
"Gukesh omadsiz turnir o‘tkazsa, hamma uning shaxmati haqida har xil gaplarni aytishni boshlaydi. Balki chempionlik matchi oldidan o‘ziga bo‘lgan ishonchni his qilish uchun unga bu juda zarur bo‘lgandir. Men ham ruhan juda yaxshi tayyorlanganman.
Men raqiblar doimo shunday qiladigan turnirlarda ulgayganman. Bolaligimizda Nodirbek bilan juda ko‘p o‘ynaganimiz. O‘zbekiston chempionatlarida u yutqazsa men nishonlardim, men yutqazsam u quvonardi. Shuning uchun bu men uchun mutlaqo tabiiy holat", - dedi hindistonlik sportchi.

Fikrlar