Gvardiola "Arsenal"ga o‘tayotgan Zinchenkoga zo‘r o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 18 iyul, 2022, 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton" himoyachisi Mark Kukurella shu yoz jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Uning xizmatlariga Aleksandr Zinchenkoga o‘rinbosar qidirayotgan "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.

Tecno

The Sun nashrining xabar berishicha, Kukurella bilan shartnoma imzolashni shaxsan "Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola xohlamoqda. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, Mark tez orada “Arsenal”ga o‘tishi kutilayotgan Zinchenkoning o‘rnini munosib tarzda egallay oladi.

O‘z navbatida "Brayton" mahoratli futbolchisini 59 million evroga baholagan. “Shaharliklar” bunday pul to‘lashga tayyor emas va shu sababli ushbu narx pasaytirilishini xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Kukurella "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021 yildan buyon APL klubida o‘ynab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!