
Gvardiola “Bavariya”ning eng zo‘r o‘yinchisini olib ketmoqchi
“Manchester Siti” kelasi yoz tarkibini kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Angliya manbalarining yozishicha, Xosep Gvardiola o‘z shogirdlari qatoriga “Bavariya” vakili Jamol Musialani qo‘shib olmoqchi.
Myunxenliklar joriy mavsum chempionlikni qo‘ldan chiqarib bo‘ldi. Jamoaning o‘yini ham avvalgidek kuchli emas. Bu Musialada “Bavariya”ning kelajagiga shubha tug‘diryapti.
Ekspertlar aynan mana shu sabab iste’dodli futbolchi 2026 yilning yozigacha davom etadigan amaldagi shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.
Bu vaziyatdan bir necha grand klublar, xususan “Manchester Siti” ham foydalanib qolmoqchi.
The Independent nashrining ta’kidlashicha, 21 yoshli yarim himoyachining o‘zi ham Angliyaga qaytishni istayapti. Germaniyalik futbolchi o‘z davrida “Sautgempton” va “Chelsi” akademiyalarida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan.
Fikrlar