Gvardiola: "“Biz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqdamiz"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi 3-turida “Vilyarreal” ustidan (2:0) qozonilgan g‘alabaga o‘z munosabatini bildirdi.
“Biz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqdamiz.To‘g‘ri, ikkinchi bo‘limning 20 daqiqasida raqib bizdan ustun o‘ynadi. Ammo hammasi joyida — kayfiyat a’lo, natijadan xursandman. Biz o‘z gollarimizni vaqtida kiritishga muaffaq bo‘ldik. Endi Chempionlar ligasida bizni ikki uy uchrashuvi kutmoqda. Har birida uch ochko olishimiz kerak. Turnirda muvaffaqiyatli davom etish uchun ochkolarni yig‘ishda davom etish zarur”, — dedi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, navbatdagi turda “shaharliklar” o‘z maydonida "Borussiya Dortmund" jamoasini qabul qiladi, “Vilyarreal” esa safarda “Pafos” bilan to‘qnash keladi. Ikkala o‘yin ham 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar