Gvardiola “Etixod”ga qaytyapti

  • 03.10.2026 11:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiola sobiq klubini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Manchester Siti”ning yaqin oradagi uy uchrashuviga tashrif buyurmoqchi.

Gvardiola o‘tgan yozda “Siti”ni tark etgan. U klubda 10 mavsum ishlagan va bu “Etihod” klubi tarixidagi eng muvaffaqiyatli davr bo‘lgan.

Yaqinda Premier-liganing mustaqil komissiyasi 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda “Siti” moliyaviy feyr-pley qoidalarini jiddiy ravishda buzganini tasdiqlagani ma’lum bo‘ldi. Biroq “shaharliklar” bu ayblovlarni qat’iy rad etmoqda.

Gvardiola allaqachon Instagram orqali “Siti”ni qo‘llab-quvvatlab, klub yuzaga kelgan qiyinchiliklarni engib o‘tishiga ishonch bildirgan.

Bundan tashqari, Daily Express xabar berishicha, Gvardiola 14 oktyabr kuni “Siti” PSJga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvini o‘tkazadigan “Etihod” stadioniga tashrif buyurmoqchi.

Gvardiola klub rahbariyatiga o‘z rejasini tasdiqlagan va qiyin vaziyatda “o‘z odamlari bilan birga” bo‘lishni xohlayotganini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!