Gvardiola "Everton"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 05.05.2026 05:19
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APL chempionligi uchun kurashayotgan "Manchester Siti" 35-tur doirasida "Everton"ga qarshi bahs olib borib, 3:3 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvdan so‘ng Xosep Gvardiola o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Mag‘lub bo‘lishdan ko‘ra, bir ochko olganimiz yaxshi. Lekin bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Raqib juda agressiv ekanini bilardik.

Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Ikkinchi bo‘limda esa raqib tempni oshirdi. Vaziyat biz uchun yomon emas edi, lekin birinchi taymdagiday intilish yetishmadi.

Birinchi golni o‘z xatomiz sabab o‘tkazib yubordik, keyin ular standart vaziyatlarda juda kuchli ekanini ko‘rsatishdi. O‘yin hujumlarga boy o‘tdi va bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Uchinchi gol juda chiroyli bo‘ldi va bir ochko olib keldi.

Bu o‘yindan oldin hamma narsa o‘z qo‘limizda edi, endi esa yo‘q. Endi “Brentford”ga tayyorlanamiz va nima bo‘lishini ko‘ramiz", — dedi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!