Gvardiola Foden va Bernardu Silvani taqqosladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachilari Fil Foden va Bernardu Silva haqida fikr bildirdi.
Angliyalik futbolchi portugaliyalik yulduzning jamoadagi ehtimoliy vorisi sifatida ko‘rilmoqda. Avvalroq Bernardu Silva mavsum yakunlangandan keyin erkin agent sifatida klubni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Ular juda turlicha futbolchilar. Fil raqib jarima maydonchasi yaqinida ancha xavfliroq harakat qiladi, Bernardu esa o‘yinni umumiy ma’noda yaxshiroq o‘qiydi", — dedi Gvardiola.
Chorshanba kuni "Manchester Siti" Premier-ligada o‘z maydonida "Kristal Pэlas"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Foden ushbu bahsda ikki golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar