Gvardiola: "Gexi tez moslashdi, yaxshi futbolchilar o‘yinni darhol tushunadi"

  • 24.01.2026 23:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyachi Mark Gexining debuti haqida fikr bildirdi. Shanba kuni Gexi "Kristal Pэlas"dan ko'chib o'tganidan so'ng ilk bor "shaharliklar" safida maydonga tushdi.

— Gexining debuti? Agar sen "Kristal Pэlas" kapitani bo'lgan bo'lsang, buning o'ziyok alohida narsani anglatadi. Men u uchun juda xursandman. U juda talabchan — ham o'ziga, ham bizga nisbatan. U atrofidagilarni ham yaxshiroq bo'lishga majbur qiladi. Yaxshi futbolchilar tez moslashadi va o'yinni tez tushunadi, shuning uchun ham shunday bo'lyapti, — dedi Gvardiola "BBC Match of the Day" dasturiga bergan intervyusida.

"Manchester Siti" navbatdagi uchrashuvini chorshanba, 28 yanvar kuni Chempionlar ligasi doirasida o'z maydonida "Galatasaray"ga qarshi o'tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!