Gvardiola Gexi va Ake oʻyinini alohida taʼkidladi

  • 10.05.2026 07:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" Premyer-liganing 35-turida oʻz maydonida "Brentford"ni 3:0 hisobida magʻlub etdi.

"Shaharliklar" barcha gollarni ikkinchi boʻlimda urdi. Jeremi Doku 60-daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, Erling Xoland 75-daqiqada ustunlikni mustahkamladı. Uchrashuvga nuqtani esa Omar Marmush 92-daqiqada qoʻydi.

Oʻyindan keyin "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining reaksiya­sidan mamnun ekanini aytdi.

"Oʻtgan turda "Everton"ga qarshi oʻyinda gʻalabani qoʻldan chiqargandik, ammo futbolda bunday holatlar boʻlib turadi. Muhimi — muvaffaqiyatsizlikdan keyin toʻgʻri reaksiya bildirish. Bugun Mark Gexi va Natan Ake qanday oʻyin koʻrsatganiga qarang. Men juda xursandman", — dedi Gvardiola.

35 turdan keyin "Manchester Siti" musobaqa jadvalida ikkinchi oʻrinni egalab turibdi. Jamoa peshqadam "Arsenal"dan ikki ochko orqada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!