Gvardiola Grilish kelajagi haqida: "Hammasi uning o‘ziga bog‘liq"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hozirda "Everton"da ijara asosida o‘ynayotgan Jek Grilish haqida fikr bildirdi.
"Grilishning kelajagi? Bilmayman, lekin Jekka faqat yaxshilik tilayman. U "Everton"da yaxshi o‘ynayotgan edi, ammo afsuski, jarohat oldi. U tezroq tiklanib, keyingi mavsumda maydonga qaytishini umid qilaman.
U avvalgi darajasiga qaytishi mumkinmi? Bu uning o‘ziga bog‘liq. Barcha sifatlari hali ham o‘zida bor", — dedi Gvardiola.
Bugun "Everton" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Premier-liga doirasidagi ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 00:00'da start oladi.

Fikrlar