Gvardiola ikki superhujumchidan birini tanlashi kerak

  • 16 noyabr, 2020, 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti” kelasi yil yozda Serxio Aguero o‘rnini bosishga qodir to‘purar hujumchi olishni rejalashtirmoqda.

Aslida “shaharliklar” klub tarixidagi eng zo‘r hujumchilardan bo‘lgan Aguero bilan yangi shartnoma tuzishga urinib ko‘radi. Shunday bo‘lsa-da, argentinalik hujumchiga sherik sifatida kuchli to‘purar kerak bo‘lyapti.

Xosep Gvardiola bu vazifani bajarish uchun Erling Xoland va Lautaro Martinesni olib kelishni istayapti. Ispaniyalik murabbiyga ko‘proq Lautaro varianti ma’qul kelmoqda. Chunki bu futbolchi Serxio Aguero bilan birga Argentina terma jamoasi sharafini ham himoya qiladi. Ular bir birini yaxshi tushunadi.

O‘z o‘rnida, Gvardiola nishonida turgan har ikki futbolchiga, Evropaning boshqa katta klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!