Gvardiola jahon futboli tarixidagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi

  • 15 oktabr, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola argentinalik Lionel Messini jahon futboli tarixidagi eng zo‘r futbolchi ekanini tan oldi.

Ispaniyalik mutaxassis argentinalik yulduz bilan 2008-2012 yillari “Barselona”ni boshqargan davrda birga ishlagan.

- Messi nomini tilga olganda, barcha zamonlarning eng zo‘r o‘yinchisi haqida gapirayotgan bo‘lamiz. Bilaman, bu gapim Pele va Maradonaga nisbatan biroz odobsizlik bo‘lishi mumkin.

Men har bir mashg‘ulot va o‘yinda Messi 15 yil davomida barqaror harakat qilganini ko‘rdim. Bunaqasini boshqa  hech qachon bo‘lmaydi.

Bizga ana shundan o‘yinchini ko‘rish nasib qildi, Leo buyuk futbolchi, - dedi Xosep Gvardiola.

37 yoshli Lionel Messi ayni paytda “Inter Mayami” sharafini himoya qilmoqda. Undan avval “Barselona” va PSJda to‘p tepgan. Agentinalik yulduz faoliyati davomida sakkiz marotaba “Oltin to‘p” sohibiga aylangan va bu borada yaqqol rekordchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
jan reno
15/10/2024 15:43
Тохтаниёз акани колбасасини ебсан)