Gvardiola: "Manchester Siti" yana qaytib keladi va oxirigacha kurashadi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunlaridan so‘ng kelgusi mavsum haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis Angliyadagi faoliyati davomida ilk bor jamoasi ikki mavsum ketma-ket Angliya chempionati g‘olibligini qo‘lga kirita olmadi.
Bu mavsumda "shaharliklar" chempionlikni "Arsenal"ga boy berdi. Oxirgi turdan bir tur oldin "Bornmut" bilan 1:1 hisobidagi durang ularning oltin medal uchun imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.
Gvardiola bu holatga qaramay jamoaga ishonch bildirdi:
"Kelgusi mavsumda biz qaytamiz. "Manchester Siti" yana qaytib keladi. Biz jamoa bilan oxirigacha kurasha oladigan darajaga chiqish uchun harakat qilamiz. Ba'zida yutasang, ba'zida esa raqiblar juda kuchli bo‘lgani uchun yutqazasan. Biz yana g‘alaba uchun intilamiz", — dedi murabbiy.
U o‘zining yaqin vaqtda jamoadan ketishi haqidagi savollarga ham aniq javob bermadi.

Fikrlar