
Gvardiola "Manchester Siti"ga yangi sardor tanladi
Bernardu Silva "Manchester Siti"ning yangi sardori bo‘ldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola ma’lum qildi.
"Murabbiylik faoliyatimda ilk bor sardorni o‘zim tanladim. O‘tgan mavsumda sodir bo‘lgan voqea menga yoqmadi va bu mavsum jamoa nomidan qaror qabul qilishni o‘zimga oldim. Ba’zan boshliq bo‘lishni xohlayman. Men to‘rt nafar sardorni tanladim, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin yana bir yoki ikki nafar sardor qo‘shaman.
Erling Xoland yosh, lekin u sardor bo‘lish nima ekanini tushunishni boshlashi kerak, umid qilamanki, u bu erda yana ko‘p yillar qoladi va shuning uchun ertami-kechmi u bu rolga asosiy da’vogar bo‘ladi.
Bizda Bernardu, Ruben Diash, Rodri va Ilkay Gundogan kabi lider futbolchilar bor. Ular har doim jamoani, jamoadoshlarini va klubni birinchi o‘ringa qo‘yishlari va doimiy ravishda "jamoa uchun eng yaxshisi nima?" degan savolni o‘zlariga berib turishlari kerak. Sardorlar jamoa uchun eng to‘g‘ri qarorni topganlarida, xatoga yo‘l qo‘yishga haqqilari bo‘lmaydi.
Menimcha, Bernardu yillar davomida biz uchun ajoyib etakchi bo‘ldi. Har doim qiyin pallalarda o‘zini ko‘rsatish kerakligini tushunardi", — dedi Gvardiola.
Fikrlar