Gvardiola “MYu”ning Evropa ligasida g‘olib chiqishini istamoqda
Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “shaharliklar”ning printspial raqibi hisoblangan “Manchester Yunayted”ga Evropa ligasidagi ishtirokida omad tiladi.
“Hozir to‘rtta jamoa 2ta yo‘llanma uchun kurash olib bormoqda. Umid qilamanki, “MYu” Evropa ligasida g‘olib chiqishni uddalaydi va biz kelgusi mavsumda Chempionla ligasida 5ta ingliz jamoasini ko‘ramiz. Bu ajoyib bo‘lar edi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” chempionatning so‘nggi 3ta uchrashuvini “Lester”, “Vest Bromvich” va “Uotford”ga qarshi o‘tkazadi. Agar “shaharliklar” ushbu o‘yinlarda 100 foizlik natijani qayd etishsa, musobaqani kuchli to‘rtlikda yakunlashadi va kelgusi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Fikrlar