Asosiy mazmunga oʻtish

Gvardiola o‘zidan keyin murabbiyga muhim maslahat berdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Pep bilmasa gapirmaydi

Joriy mavsum yakunlanishi bilan “Manchester Siti”ni tark etadigan Xosep Gvardiola oʻzining oʻrnini egalaydigan mutaxassisga qanday maslahat berishini aytdi.

Ispaniyalik mutaxassis oʻn yil davomida “shaharliklar”ni boshqarib kelgani bois, yangi murabbiy  jamoani oʻziga moslashtirishi katta mehnat talab qiladi.

Premyer-liganing soʻnggi turida “Aston Villa”ga qarshi oʻtkaziladigan bahs 55 yoshli murabbiy uchun klubdagi oxirgi oʻyin boʻladi.

- Yangi murabbiyga xabar? Asling kabi boʻl, deyman. Murabbiy oʻziga xos, betakror boʻlishi kerak. Klub uni va yordamchilarini meni qoʻllab-quvvatlagandek qoʻllab-quvvatlaydi, - dedi Gvardiola.

Uning soʻzlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Xosep Gvardioladan keyin “Manchester Siti”ni uning italyalik shogirdi Enco Mareska boshqarishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q