Gvardiola “Real” yulduzini olib qo‘ymoqchi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasida “Real” yarim himoyachisi Toni Kroosni ko‘rmoqchi.
“Shaharliklar” germaniyalik jahon chempionini yanvar oyida transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Yaqinda Toni Kroos “Qirollik klubi”ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmagan edi. Bu vaziyat manchesterliklarda tajribali o‘yinchini qo‘lga kiritish umidini uyg‘otdi. Chunki, madridliklar shartnomasi kelasi yozda tugaydigan Toni Kroosni qishki transferlar davrida sotib yuborishining ehtimoli katta.
Xosep Gvardiola klub direktorlari kengashini Toni Kroosni jamoaga olib kelmoqchi ekani haqida xabardor qildi.
Fikrlar