Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Gvardiola Rodrining holati haqida: "U hali o‘zini to‘liq yaxshi his qilmayapti"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Mutaxassis futbolchisining holatiga to‘xtaldi

Xosep Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida Rodrining holati haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik yarim himoyachi so‘nggi bir nechta o‘yinni, jumladan "Everton"ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yubordi. O‘sha uchrashuv 3:3 hisobida yakunlangan edi.

"Rodri hali ham o‘zini to‘liq qulay his qilayotgani yo‘q. Uning holatini bugun kechroq yoki ertaga baholaymiz.

“Everton”ga qarshi ikkinchi taymdagi tartibsiz o‘yinga Rodrining yo‘qligi ta’sir qildimi? Yo‘q. Biz raqibga gol urish imkonini o‘zimiz berdik. Bu Rodri maydonda bo‘lmagani uchun emas",
— dedi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, 9 may kuni "Manchester Siti" o‘z maydonida "Brentford"ni qabul qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q