
Gvardiola Rodrining qaytgani haqida fikr bildirdi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola maydonga qaytgan Rodri haqida fikr bildirdi. U "Vidad"ga qarshi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2-tur uchrashuvida (2:0) to‘qqiz oylik tanaffusdan so‘ng ilk bor maydonga tushdi.
"Biz uni ehtiyot qilishni rejalashtirganmiz. Jarohatdan beri deyarli to‘qqiz oy o‘tdi. Bu juda uzoq davom etgan jarohat bo‘ldi. U asta-sekin o‘zini yaxshiroq his qilmoqda. Bilaman, u o‘ynashni, jamoaga yordam berishni va maydonda bo‘lishni xohlaydi. Ammo biz uni asrashni istaymiz. U so‘nggi o‘yinda olgan daqiqalari unga yaxshi sport formaga kirishga yordam beradi. Umid qilamizki, yaqin orada u o‘yinlarni asosiy tarkibdan boshlab o‘ynay oladi", — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirdi FIFAning rasmiy sayti.
G-guruhidagi keyingi o‘yinda Xosep Gvardiola jamoasi 23 iyun kuni BAAning "Al-Ayn" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. "Vidad" esa bir kun avval Turinning "Yuventus" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar