
Gvardiola: Ser Aleks “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tishni taklif qilgandi
“Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola 2012 yilda “Manchester Yunayted”ni tark etayotgan Ser Aleks Fergyuson bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida aytib o‘tdi.
- O‘sha damlarda, mening ingliz tilim xozirgi kabi yaxshi emas edi. Biz Ser Aleks bilan birga restoranda ovqatlanyotgandik va u menga “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tishni taklif qilgandi.
Suhbatni uncha yaxshi eslolmayman. Shuni aytishim kerakki, bu “Yunayted”ning sirli muzokaralari emasdi. Bu ikki o‘rtoq va xamkasblarning uchrashuvi edi va xayot, futbol, APL haqida suxbatlashgandik.
Fergyuson juda tez gapirganini eslayman va men uni tushunishimga qiyinchilik tug‘dirgandi. O‘sha paytlarda men “Bavariya” bilan muzokaralarni yo‘lga qo‘ygandim va o‘z faoliyatimni Germaniyada davom etirmoqchi edim, - deya Pepning so‘zlarini keltiradi telegraph.co.uk nashri.
Fikrlar