Gvardiola shogirdlari birorta aniq zarba bera olmagan o‘yin haqida nimalar dedi?

  • 12 yanvar, 2023, 09:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Liga kubogi chorak final bosqichi doirasidagi "Sautgempton"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik, g‘alaba kuchliroq jamoaga nasib etdi. Juda og‘ir bahs. Unga tayyor emasdik, ko‘p jihatlarda raqib muvaffaqiyatliroq harakat qildi.

"Sautgempton"ni tabriklayman. G‘alabani sifatli o‘yin orqali qo‘lga kiritish lozim - bugun biz bunga noloyiq edik",-dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, "shaharliklar" bellashuv davomida raqib darvozasi tomon birorta aniq zarba yo‘llay olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!