Gvardiola Silvaning ketayotganini tasdiqladi

  • 17 iyun, 2020, 16:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunlangach ispaniyalik yarim himoyachi David Silva jamoadan ketishini tasdiqladi.

Tecno

“David joriy mavsum yakunlangach jamoadan ketadi. U jamoadagi so‘nggi o‘yinlarini muxlislarsiz o‘tkazishi judayam afsuslanarli. Ammo, klub unga muxlislar bilan munosib xayrlashishi uchun sharoit yaratib berishiga umid qilaman. Silva bunga munosib”, - deydi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, David Silva “Manchester Siti”da 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum APLda 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!