Gvardiola “Siti”ni kimga topshirishi kerakligi aytildi
Angliya futboli afsonasi Ueyn Runi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoadan ketsa, uning o‘rnini qaysi mutaxassis egallashi kerakligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Xosep Gvardiolaning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq ispaniyalik mutaxassis joriy mavsum yakunlangandan keyin klubni tark etishi mumkinligi haqida ma’lumotlar chiqyapti.
- Agar Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etsa, klub rahbariyati uning o‘rniga Vensan Kompanini olib kelishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kompani klubni juda yaxshi biladi, “Bavariya”da ham shunga o‘xshash yuqori talablar sharoitida muvaffaqiyatga erishdi.
Vensan murabbiylik ishida Pepdan ko‘p narsani o‘rgangan. Menimcha, Gvardiola o‘zidan keyingi murabbiyni tanlashda klubga yordam beradi. Katta ehtimol bilan u o‘z vorisini izlashni boshlab yuborgan, - dedi Runi BBC Sport jurnalistlariga.
Xosep Gvardiola 2016 yildan beri “Manchester Siti”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa klublar miqyosidagi barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan.
Fikrlar