Gvardiola “Siti”ga noyob o‘yinchi tanladi

  • 23 sentabr, 2024, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Milan” yarim himoyachisi Tijani Reynders faoliyatini Angliya Premer-ligasi chempioni “Manchester Siti”da davom ettirish imkoniga ega.

TodoFichajes nashrining yozishicha, 26 yoshli niderlandiyalik futbolchi “shaharliklar” bosh  murabbiyi Xosep Gvardiolani qiziqtirib qo‘ygan. Ispaniyalik mutaxassis uning iqtidorini yuqori baholamoqda va o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydigan futbolchi Niderlandiyaning “Zvolle” va “Tvente” klublarida tarbiyalangan.                 Yurtida “AZ Alkmaar” va “Valveyk” jamoalarida to‘p tepgan.

“Milan” Tijanini 2023 yili yozda 19 million evroga transfer qilgan edi. Hozir uning transfer summasi 30 million evroga ko‘tarildi. Milanliklar bilan yana to‘rt yillik shartnomasi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!