Gvardiola Stounzning jarohatga moyilligiga izoh berdi!
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Jon Stounzning jarohat bo‘yicha muammolarini butunlay hal etgan-etmagani haqidagi savolga javob berdi.
"Umid qilaman, ha. Uning shartnomasi yozda tugaydimi? Bu haqda mendan so‘ramang, qaror klub ixtiyorida bo‘ladi. Biz trebl yutgan mavsumda u ajoyib o‘ynagan edi, ammo shundan keyin u barqaror o‘yin namoyish eta olmadi, ko‘p marta jarohat oldi. Endi faqat kutamiz va kuzatamiz", — dedi ispaniyalik mutaxassis "City Report" nashriga.
Jon Stounz 2016 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 31 yoshli himoyachi barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi, lekin hali gol yoki assist qayd etib jamoasiga yordam bermadi.
Fikrlar