Gvardiola super futbolchidan yuz o‘girdi

  • 17 sentabr, 2020, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” anchadan buyon asosiy transfer nishoni bo‘lib turgan Kalidu Kulibalini transfer qilish fikridan qaytdi.

Tecno

Bunga “Napoli” klubi bilan bir necha oydan buyon davom etayotgan muzokaralarda oldinga siljish bo‘lmayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Italiyaliklar 29 yoshli himoyachi uchun 80 million evro talab qilmoqda va bu summani pasaytirmayapti. Kulibalining o‘zi manchesterliklar bilan kelishuvga erishgan va “Napoli” rahbariyatidan narxni tushirishni so‘ramoqda.

Biroq, neapolliklar himoyachi transferidan mo‘may daromad olish maqsadida o‘z fikrida qat’iy turibdi.

Gvardiola Kulibali o‘rniga “Sevilya”dan Diego Karlos yoki “Atletiko”dan Xose Ximenes kabi yuqori saviyali o‘yinchilarni olishni ko‘zlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!