Gvardiola tanlagan futbolchi og‘ir jarohatga yo‘liqdi

  • 14.01.2026 22:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining eng nozik nuqtasi – o‘ng qanot himoyasiga “Nyukasl”da o‘ynayotgan Valentino Livramento ni olishni mo‘ljallab yurgan edi.

Biroq bu futbolchi og‘ir jarohatga yo‘liqgani ma’lum qilindi.

Jurnalist Kit Dauning xabar berishicha, Livramento tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tekshiruv natijasida “Nyukasl” uchun eng yomon xavotirli vaziyatlar tasdiqlandi.

Manbaga ko‘ra, himoyachi son orqa mushaklari jarohati sababli kamida sakkiz hafta maydonga chiqa olmaydi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Livramento barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 19 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!