Gvardiola tezkor futbolchisining kamchiligini aytdi

  • 04.10.2025 08:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” qanot hujumchisi Jeremi Doku “shaharliklar” safidagi driblingi eng kuchli va eng tezkor futbolchilardan hisoblagadi.

Belgiyalik futbolchi joriy mavsum yorqin o‘yin ko‘rsatayotganiga qaramay, ayrim kamchiliklari ko‘z tashlanmoqda.

Manchesterliklar ustozi Xosep Gvardiola Jeremi Doku e’tibor berishi kerak bo‘lgan jihatlarni sanab o‘tdi.

- Raqib jarima maydonchasi yaqinida, ayniqsa, birga bir vaziyatda Doku ajoyib o‘ynayapti. Bu borada shunchaki top-darajadagi futbolchi.

Biroq Jeremi hali yosh va ishlashi kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Jumladan, u o‘yinni yaxshiroq tushunishni o‘rganishi kerak. Bu hujumdan tashqari, himoyadagi harakatlariga ham tegishli.

Men Doku faqat individual harakatlari bilan jamoaga yordam bera oladi, deb o‘ylamayman. Jeremi o‘z iqtidorini namoyish qilishi va hali ko‘p narsani o‘rganishi talab etiladi, - dedi Xosep Gvardiola.

23 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!