Gvardiola uning ketishiga qarshi emas!

  • 24 iyul, 2024, 16:39
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Braziliya terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi darvozaboni Ederson Moraesh haqida bir qancha mish-mishlar tarqaldi. Unga ko‘ra golkiperga Saudiya Arabistoni jamoalaridan yaxshigina takliflar va qizishlar tushgan.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Ederson haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:

"Men bu haqda aniq bir fikr bildira olmayman. Albatta, men uning qolishini istayman. Ammo uning jamoada qolishi yoki ketishi klub rahbariyatiga bog‘liq. Shu o‘rinda, Edersonning fikri ham inobatga olinadi. Hammasi transferlar oynasi yopilgunicha hal bo‘ladi", - dedi Gvardiola matbut anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!